
Nikohgacha
Umr yo‘ldoshingizni tanlashdan oldin bilishingiz kerak bo‘lgan eng muhim narsalar.
Munosib juft tanlash, o‘zingizni anglash va oilaviy hayotga ongli tayyorlanish uchun amaliy qo‘llanma.
- Elektron PDF
- 3 ta asosiy bo‘lim
- 170 ta savol
- Shaxsiy tahlillar
- Tavsiya etilgan kitoblar

Quyidagilarning nechtasi sizga tanish?
O‘qing va o‘zingizda qaysilari borligini aniqlang.
Aksariyat yoshlar aynan shu savollar bilan yolg‘iz qolishadi. Bu savollar oddiy ko‘rinsa ham, javoblar har doim ham oson emas.
Qanday inson bilan oila qurishni bilmayman.
Atrofimdagilar har xil maslahat beradi. Ammo aynan menga qanday inson mosligini tushunmayman.
Kimdir yoqadi, lekin nima uchun yoqishini bilmayman.
Bu haqiqiy moslikmi, vaqtinchalik hissiyotmi yoki shunchaki yaxshi taassurotmi?
Sovchilar keladi, ammo qanday qaror qilishni bilmayman.
Qaysi jihatlarga e’tibor berish, nimalarni so‘rash va qanday xulosa chiqarishni bilmay qiynalaman.
Oila qurishni xohlayman, ammo tayyormanmi — bilmayman.
Nikohdan nimalar kutayotganimni bilaman, lekin o‘zim oilaviy hayotga nimalar bera olishim haqida kam o‘ylaganman.
Nikoholdi uchrashuvda nima so‘rashni bilmayman.
Muhim masalalarni muhokama qilish o‘rniga suhbat umumiy savol-javoblar bilan tugaydi.
Noto‘g‘ri tanlov qilishdan qo‘rqaman.
Bir inson bilan butun umr yashashga qaror qilish oson emas. Xato qilishdan xavotirdaman.
Agar ushbu holatlardan bir nechtasi sizga tanish bo‘lsa…
Ehtimol, sizga yana ko‘proq maslahat emas, o‘zingiz uchun aniq javoblarni topishga yordam beradigan tizimli tayyorgarlik kerakdir.

Nega munosib juft tanlash bunchalik qiyin?
Ko‘pincha muammo yaxshi insonlar yo‘qligida emas. Balki biz o‘zimizni, ehtiyojlarimizni va oilaviy hayotga bo‘lgan qarashlarimizni yetarlicha anglamaganimizdadir.
01O‘zimni yetarlicha tanimaymiz.
Qadriyatlarimiz, xarakterimiz, kuchli va zaif tomonlarimiz haqida chuqur o‘ylab ko‘rmaganmiz.
02Nikohni ko‘proq his-tuyg‘ular orqali baholaymiz.
Lekin oilaviy hayot uchun mas’uliyat, qadriyatlar va muammolarni hal qilish uslubi ham muhim.
03Oilaviy hayotga amaliy tayyorgarlik yetishmaydi.
Nikoh haqida ko‘p eshitganmiz, lekin budjet, farzand tarbiyasi, mas’uliyat taqsimoti haqida qanchalik izlanganmiz?
Nikohga tayyorgarlikning 3 bosqichi
Uzoq izlanishlar, suhbatlar va maslahatlar asosida nikohga tayyorgarlik uchun amaliy qo‘llanma ishlab chiqdik. Uning asosida uchta muhim yo‘nalish yotadi.
01 · Men
O‘zimni anglayman
«Men qanday insonman?»
02 · Oila
Oilaviy hayotni o‘rganaman
«Men qanday oilani xohlayman?»
03 · U
Ongli tanlovga tayyorman
«Menga qanday inson mos?»
Shunchaki o‘qimaysiz.
O‘z ustingizda ishlaysiz.
Oddiy kitobda muallifning fikrlarini o‘qiysiz. «Nikohgacha»da esa o‘z fikrlaringizni ham shakllantirasiz.

Bizning maqsadimiz sizga tayyor javoblarni berish emas. To‘g‘ri savollar ustida ishlashishingizga yordam berish.
Oddiy o‘qish«Nikohgacha» bilan ishlash
Ma’lumot olasiz
O‘zingizni tahlil qilasiz
Maslahatlarni o‘qiysiz
Savollarga javob izlaysiz
Boshqalarning tajribasini bilasiz
Odamlardan tajriba o‘rganasiz
Xulosa bilan tanishasiz
Mustaqil xulosa chiqarasiz
O‘qishni tugatasiz
Amaliy mashg‘ulotlar orqali hayotga tatbiq etasiz
| Oddiy o‘qish | «Nikohgacha» bilan ishlash | |
|---|---|---|
| Ma’lumot olasiz | O‘zingizni tahlil qilasiz | |
| Maslahatlarni o‘qiysiz | Savollarga javob izlaysiz | |
| Boshqalarning tajribasini bilasiz | Odamlardan tajriba o‘rganasiz | |
| Xulosa bilan tanishasiz | Mustaqil xulosa chiqarasiz | |
| O‘qishni tugatasiz | Amaliy mashg‘ulotlar orqali hayotga tatbiq etasiz | |
3 bo‘lim. Yuzlab savollar.
Shaxsiy tahlillar.
Har bir bo‘lim sizni o‘ylashga, izlanishga va o‘z hayotingiz uchun xulosalar chiqarishga undaydi.
0150 ta savolO‘zim bilan tanishuv
- SWOT tahlil
- Qadriyatlar jadvali
- Xarakter ustida ishlash
- Yakuniy savol
0260 ta savolOila haqida
- Yozma mashg‘ulotlar
- Mustaqil izlanishlar
- Hayotiy tajribalar
- Yakuniy savol
0360 ta savolMunosib juft tanlovi
- Juft portreti
- Tanlov matritsasi
- Nikoholdi uchrashuv savollari
- Yakuniy savol

Sizga kerak, agar…
- Hali oila qurmagan bo‘lsangiz.
- Munosib juft tanlashda nimalarga e’tibor berishni bilmoqchi bo‘lsangiz.
- O‘zingizni yaxshiroq anglashni istasangiz.
- Nikoholdi uchrashuvga tayyorlanayotgan bo‘lsangiz.
- Oilaviy hayot haqida amaliy bilim olishni xohlasangiz.
Sizga mos kelmasligi mumkin, agar…
- Kim bilan turmush qurishingiz kerakligini boshqalar hal qilib berishini kutsangiz.
- Savollarga javob yozish va izlanishga vaqt ajratmoqchi bo‘lmasangiz.
- Qo‘llanmani bir marta o‘qib, natija kutayotgan bo‘lsangiz.
- Nikoh mavzusiga jiddiy yondashishni xohlamasangiz.
«Nikohgacha»ni hoziroq oling.
Bir umrlik qarordan oldin o‘zingizga vaqt ajrating.
- Elektron PDF
- 3 ta asosiy bo‘lim
- 170 ta savol
- 83 betlik PDF
- Tavsiya etilgan kitoblar
- Tezkor yetkazib berish (Telegram)
- Xavfsiz to‘lov
- Shaxsiy foydalanish uchun

Tez-tez beriladigan
savollar
Biz bilan bog‘laning
Qo‘llanma qaysi formatda taqdim etiladi?
Qo‘llanma 83 betlik elektron PDF formatida taqdim etiladi va Telegram orqali yuboriladi. Uni telefon, planshet yoki kompyuterda ochishingiz mumkin.
Qo‘llanmadan kimlar foydalanishi mumkin?
Hali oila qurmagan, munosib juft tanlashga va nikoholdi uchrashuvlarga tayyorlanayotgan, o‘zini yaxshiroq anglashni va oilaviy hayot haqida amaliy bilim olishni istagan har bir kishi.
Unda diniy ma’lumotlar bormi?
Qo‘llanma nikohga amaliy tayyorgarlikka bag‘ishlangan: unda 170 ta savol, shaxsiy tahlillar, yozma mashg‘ulotlar va tavsiya etilgan kitoblar ro‘yxati bor.
Savollarga javob yozish shartmi?
Qo‘llanma aynan shunday ishlash uchun yaratilgan: eng katta natija savollarga yozma javob berib, mustaqil xulosa chiqarganingizda bo‘ladi. Shunchaki o‘qib chiqish kutilgan natijani bermaydi.